AGRO-SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDA EKO-SAMARALI SUVOQ QORISHMALARINI OLISHNING ILMIY ASOSLARI
Keywords:
sholi qobig‘i kuli, paxta gossiopol smolasi, modifikatsiyalangan suvoq, pozzolanik reaksiya, gidrofoblik, Xorazm iqlimi, sement gidratatsiyasi, kalsiy gidrosilikatlari.Abstract
Ushbu maqolada Xorazm viloyatining keskin kontinental, quruq-issiq iqlimi va yuqori darajada sho‘rlangan yer osti suvlari sharoitida binolarning tashqi suvoq qatlamlarini atrof-muhitning tajovuzkor ta’sirlaridan muhofaza qilish hamda ularning xizmat muddatini oshirish masalalari har taraflama yoritilgan. Mintaqaviy agro-sanoat chiqindilari hisoblangan sholi qobig‘i kuli va paxta gossiopol smolasini sementli qorishmalar tarkibiga samarali modifikator sifatida kiritishning ilmiy-nazariy va fizik-kimyoviy asoslari hamda kechadigan pozzolanik reaksiyalar mexanizmi chuqur tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari mahalliy resurslar va ikkilamchi chiqindilar asosida resurs tejamkor, gidrofob, yuqori mustahkamlikka ega hamda ekologik xavfsiz suvoq qorishmalarini tayyorlash imkoniyatini amaliy jihatdan tasdiqlaydi.
References
1. Samigov N.A., Djalilov A.T., Karimov M.U. Qurilish materiallari kimyosi va korroziyasi. — Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2014. — 320 b.
2. Raximov Sh.T., Iskandarova M.I. Mahalliy sanoat chiqindilari asosida resurs tejamkor bog‘lovchilarni olish texnologiyasi // O‘zbekiston kimyo jurnali. — Toshkent, 2018. — № 4. — B. 45-52.
3. Tulaganov A.A., Saidov A.A. Xorazm viloyati gidrogeologik sharoitida beton va qorishmalarning korroziyabardoshligini oshirish usullari // Me’morchilik va qurilish muammolari. — Samarqand, 2020. — № 2. — B. 18-23.
4. Askarov M.A., Negmatov S.S. Organik va mineral modifikatorlar bilan qurilish materiallarini modifikatsiyalashning ilmiy asoslari. — Toshkent: Fan, 2016. — 210 b.
5. Abdullayev Q.S., Xamraev S.S. Sirt-faol moddalar va dispers sistemalar fizik-kimyosi. — Toshkent: Universitet, 2012. — 280 b.
6. Mahmudov A.M., Babayev Z.K. Sholi qobig‘i kulining pozzolanik faolligi va undan qurilish qorishmalarida foydalanish // Farg‘ona politexnika instituti ilmiy-texnika jurnali. — Farg‘ona, 2021. — T. 25, № 3. — B. 112-117.