QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA GAZOBETON CHIQINDILARIDAN FOYDALANIB ISSIQLIK IZOLYATSION QURUQ QURILISH ARALASHMASINI MAHALLIYLASHTIRISH

Authors

  • Ismaylova Aysuliu Sultamurat qizi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, tayanch doktorant Author

Keywords:

Qoraqalpog‘iston, Nukus, gazobeton chiqindisi, quruq qurilish aralashmasi, alyumosilikat mikrosfera, ohak-sement bog‘lovchi, ikkilamchi xomashyo, adgeziya, issiqlik izolyatsiyasi, mahalliylashtirish.

Abstract

Qoraqalpog‘iston Respublikasida gazobeton bloklarini kesish va pardozlash jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilarni issiqlik izolyatsion quruq qurilish aralashmasi tarkibida qayta ishlatish yo‘nalishi ishlab chiqildi. Bazaviy mikrosferali ohak-sement tarkibida tuyilgan gazobeton chiqindisi umumiy quruq aralashmaning 8,44 % ini tashkil etadi. 1 tonna mahsulot uchun 84,4 kg, 1000 m² fasadga 20 mm qatlam surtishda 1114,1 kg tayyor gazobeton kukuni sarflanadi. Solishtirma sirt yuzasi 635 m²/kg bo‘lgan gazobeton kukuni qo‘llanganda qoplamaning gazobeton asos bilan yopishish mustahkamligi 0,53 dan 0,71 MPa gacha oshadi. Yakuniy tarkibning o‘rtacha zichligi 650 kg/m³, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,137 W/(m·°C), siqilish mustahkamligi 4,1 MPa va sovuqqa chidamlilik markasi F35 ni tashkil etadi. Nukus iqlim sharoitiga mos xomashyo tayyorlash, saqlash va suvoq ishlarini tashkil etish bo‘yicha texnologik yechimlar taklif etildi.

References

1. ShNQ 2.01.01-22. Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik ma’lumotlar. – Toshkent, 2022.

2. Фролов М.В. Эффективные теплоизоляционные сухие смеси для отделки стен зданий из газобетона: дис. … канд. техн. наук: 05.23.05. – Пенза, 2018. – 190 с.

3. Акжигитова Э.Р., Симонов Е.Е. Сухие строительные смеси на основе местных материалов // Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. – 2013. – №3. – С. 46–49.

4. Лесовик В.С., Загороднюк Л.Х., Чулкова И.Л. Закон сродства структур в материаловедении // Фундаментальные исследования. – 2014. – №3, ч. 2. – С. 267–271.

5. Логанина В.И., Фролов М.В., Рябов М.А. Известковый состав для отделки стен зданий из газобетона // Вестник Южно-Уральского государственного университета. Серия «Строительство и архитектура». – 2016. – №2. – С. 33–37.

Downloads

Published

2026-10-31