NOAN’ANAVIY CHIQINDI XOM ASHYOLARI ASOSIDA QURILISH G‘ISHTI
Keywords:
diabazli porfirit chiqindi qumi, texnogen chiqindilar, qurilish g‘ishti, yarim quruq usul, fizik-mexanik xossalar, pishirish harorati, ilsimon cho‘kindi, resurstejamkor texnologiyaAbstract
Ushbu maqolada Respublikamizda an’anaviy lyoss va lyossimon suglinka xomashyolari asosida ishlab chiqarilayotgan qurilish g‘ishtlarining sifat ko‘rsatkichlari pastligi, xususan, ularning mustahkamligi yetarli emasligi, suv shimuvchanligining yuqoriligi, geometrik o‘lchamlarining barqaror emasligi hamda tashqi muhit ta’siriga chidamsizligi bilan bog‘liq muammolar tahlil qilingan. Shu bilan birga, zamonaviy talablar asosida resurstejamkor va ekologik barqaror texnologiyalarni joriy etish zarurati asoslab berilgan.Tadqiqot natijalari texnogen chiqindilar asosida yuqori sifatli qurilish g‘ishtlari ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rsatib, an’anaviy xomashyolarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish, qishloq xo‘jaligi yerlarini saqlab qolish hamda energiya va ishlab chiqarish xarajatlarini taxminan 30% gacha qisqartirish imkonini beradi. Ushbu yondashuv ekologik jihatdan xavfsiz, iqtisodiy samarali va innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4335-sonli qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 fevraldagi “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-4198-sonli qarori.
3. А.М. Эминов, З.К. Бабаев, З.М. Курязов, М.Т. Боймуродова. Физико-химические показатели нетрадитсионных глинистых сырьевых ресурсов Узбекистана и стеновая керамика на их основе. Универсум: технические науки. 2022. 2-6 (95). Стр. 20-26.
4. N. T. Khodzhaev and V. V. Virovets, “Mineral bottom silts of reservoirs — a new type of non-metallic raw materials,” in: Abstracts of Scientific-Practical Report Conf. [in Russian], Institute of Mineral Resources (IMR), Tashkent (2001), pp. 204 – 208.
5. N. Bilgin et al. Use of waste marble powder in brick industry / Construction and Building Materials. 29 (2012) 449–457.
6. I.R.Boyjanov, Dj.S.Djabberganov, R.G.Allamov, M.Abduraximov Karatau porfirit jinsini maydalashdagi chiqindi qumiasosida qurilish g‘ishti olish imkoniyatlari “Muhandislik va qurilish: Innovatsiya, texnika va texnologiya, boshqa sohalar bilan integratsiyasi” Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. Nukus-2026.