AQLLI SHAHAR ELEKTR TARMOQLARIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI VA ENERGIYA SAQLASH TIZIMLARINI MUVOFIQLASHTIRILGAN BOSHQARISH USULINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
aqlli shahar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, fotovoltaik tizim, BESS, PSO–MPC, muvofiqlashtirilgan boshqaruv, taqsimlash elektr tarmog‘i, energiya samaradorligi.Abstract
Aqlli shahar elektr tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining, xususan, fotovoltaik qurilmalarning keng integratsiyalashuvi elektr tarmog‘ining kuchlanish rejimi, quvvat oqimlari va energiya yo‘qotishlariga ta’sir ko‘rsatadi. Taqsimlangan generatsiyasining o‘zgaruvchanligi hamda iste’mol yuklamasining dinamik xarakteri ushbu jarayonlarni muvofiqlashtirilgan boshqarishni talab etadi. Mazkur tadqiqotda PV qurilmasi va akkumulyator energiya saqlash tizimini (BESS) birgalikda boshqarishga asoslangan takomillashtirilgan PSO–MPC usuli taklif etiladi. Boshqaruv jarayonida aktiv quvvat yo‘qotishlari, kuchlanish og‘ishi, tarmoqdan olinadigan quvvat va BESSning ish holati yagona ko‘p mezonli optimallashtirish funksiyasida hisobga olinadi. Tadqiqot IEEE 33-tugunli radial taqsimlash tarmog‘i asosida olib borildi. Modellashtirish natijalariga ko‘ra, taklif etilgan boshqaruv usulida aktiv quvvat yo‘qotishlari 210,9 kVt dan 92,4 kVt gacha, minimal kuchlanish esa 0,913 p.u. dan 0,968 p.u. gacha yaxshilandi. Olingan natijalar PV va BESSni muvofiqlashtirilgan boshqarish tarmoqning energetik samaradorligi va kuchlanish rejimini yaxshilash imkonini berishini ko‘rsatadi.
References
1. Zhao C., Andersen P.B., Træholt C., Hashemi S. grid-connected battery energy storage system: a review on application and integration // Renewable and Sustainable Energy Reviews. 2023. Vol. 182. 113400.
2. Mayne D.Q., Rawlings J.B., Rao C.V., Scokaert P.O.M. Constrained Model Predictive Control: Stability and Optimality // Automatica. 2000. Vol. 36. DOI: 10.1016/S0005-1098(99)00214-9.
3. Stecca M., Ramirez Elizondo L., Soeiro T.B., Bauer P., Palensky P. A Comprehensive Review of the Integration of Battery Energy Storage Systems Into Distribution Networks // IEEE Open Journal of the Industrial Electronics Society. 2020. Vol. 1, No. 1. P. 46–65. DOI: 10.1109/OJIES.2020.2981832.
4. Das C.K., Bass O., Kothapalli G., Mahmoud T.S., Habibi D. Overview of Energy Storage Systems in Distribution Networks: Placement, Sizing, Operation, and Power Quality // Renewable and Sustainable Energy Reviews. 2018. Vol. 91. P. 1205–1230. DOI: 10.1016/j.rser.2018.03.068.
5. Azizivahed A., Naderi E., Narimani H., Fathi M., Narimani M.R. A Review on the Optimal Placement, Sizing and Control of an Energy Storage System in the Distribution Network // Journal of Energy Storage. 2019. Vol. 21. P. 489–504. DOI: 10.1016/j.est.2018.12.015.
6. Al-Saadi H., Gholami A., Zare F., Blaabjerg F. Photovoltaic Penetration Issues and Impacts in Distribution Network – A Review // Renewable and Sustainable Energy Reviews. 2016. Vol. 53. P. 594–605. DOI: 10.1016/j.rser.2015.08.042.
7. Singh B., Kumar S. Review of Control Strategies for Voltage Regulation of the Smart Distribution Network with High Penetration of Renewable Distributed Generation // Renewable and Sustainable Energy Reviews. 2016. Vol. 64. P. 582–595. DOI: 10.1016/j.rser.2016.06.030.