OROLBO'YI SHAHARLARIDA BINOLARNING ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHNING SHAHARSOZLIK-ME'MORIY ASOSLARI
Keywords:
Orolbo'yi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, quyosh energiyasi, energiya samarador bino, barqaror shaharsozlik, passiv me'moriy yechimlar, ekologik zonalash.Abstract
Maqolada Orolbo'yi mintaqasi (Qoraqalpog'iston) shaharlarida binolarning energiya samaradorligini oshirish va noan'anaviy, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning shaharsozlik-me'moriy jihatlari tahlil qilinadi. Mintaqaning o'ta qurg'oqchil, chang-tuz bo'ronlariga moyil iqlim sharoiti, Orol dengizi inqirozining shaharsozlikka ta'siri hamda mahalliy an'anaviy me'morchilik tajribasi (ichki hovli, ayvon, qalin himoya qobig'i) asosida bino qobig'ining passiv issiqlik-energiya samaradorligini oshirish, so'ngra quyosh energiyasi kabi qayta tiklanuvchi manbalar bilan qoldiq energiya talabini qoplash tamoyili asoslanadi. Davlat siyosati hujjatlari (PF-199-son Farmon) va mualliflik tadqiqot natijalari asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
References
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni.
2. Курбанбаев Е., Артыков О., Курбанбаев С. Аральское море и водохозяйственная политика в Республиках Центральной Азии. — 2010. — С. 85–92.
3. Сейдуллаев С.Ш. Жанубий Оролбўйи минтақаси шаҳарларининг меъморий-режавий ечимларини такомиллаштириш: арх. фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. — Тошкент, 2025.
4. Micklin P. The Aral Sea Disaster // Annual Review of Earth and Planetary Sciences. — 2007. — Vol. 35. — P. 47–72.
5. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 21-maydagi O'RQ-539-son “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to'g'risida”gi Qonuni.