SHAHAR ELEKTR TA’MINOTI TIZIMLARIDA TAQSIMLANGAN GENERATSIYA VA ENERGIYA SAQLASH QURILMALARINI OPTIMAL JOYLASHTIRISH ORQALI ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Keywords:
Shahar elektr ta’minoti, taqsimlangan generatsiya, PV, batareyali, BESS, FBS, PSO, energiya isroflari, kuchlanish profili, IEEE 33-tugunli tarmoqAbstract
Ushbu tadqiqotda shahar radial elektr tarmoqlarida taqsimlangan generatsiya va akkumulyatorli energiya saqlash tizimlarini optimal joylashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan. 24 soatlik yuklama va PV generatsiyasi dinamikasi hisobga olinib, quvvat oqimlarini hisoblashda Forward/Backward Sweep (FBS), optimal joylashuv va quvvatlarni aniqlashda PSO algoritmlari qo‘llanilgan. Tadqiqotda baza, faqat Taqsimlangan generatsiya, faqat BESS hamda taqsimlangan generatsiya va BESS integratsiyasi holatlari o‘zaro taqqoslangan. IEEE 33-tugunli tarmoqda o‘tkazilgan hisoblashlar natijasida taqsimlangan generatsiya va BESS ning birgalikdagi integratsiyasi sutkalik energiya isroflarini 48.6% ga kamaytirgan, minimal kuchlanishni 0.9038 p.u. dan 0.9685 p.u. gacha oshirgan va pik fider yuklamasini 21.4% ga pasaytirgan. Natijalar taklif etilgan yondashuvning shahar elektr tarmoqlari energiya samaradorligini oshirishdagi samaradorligini ko‘rsatadi.
References
1. Baran M. E., Wu F. F. Network reconfiguration in distribution systems for loss reduction and load balancing. IEEE Transactions on Power Delivery, 1989, Vol. 4, No. 2, pp. 1401–1407.
2. Kennedy J., Eberhart R. Particle Swarm Optimization. Proceedings of ICNN'95 – International Conference on Neural Networks, 1995, pp. 1942–1948.
3. Sultana S., Roy P. K. Optimal allocation of distributed generation in distribution systems using particle swarm optimization. International Journal of Renewable Energy Research, 2016.
4. Multiple DG Placements in Distribution System for Power Loss Reduction Using PSO Algorithm. Procedia Technology, Vol. 25, 2016, pp. 785–792.