ELEKTR TRANSPORT VOSITALARINI ZARYADLASH QURILMALARI ULANGAN PAST KUCHLANISHLI ELEKTR TARMOQLARIDA KUCHLANISH SIFATI VA GARMONIK BUZILISHLARNI KAMAYTIRISH USULLARI

Authors

  • Tolipov Jamshid Nurbekovich O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Energetika muammolari instituti Author
  • Yo‘ldashev Rustam Shokirovich Toshkent shahar “Milliy elektr tarmoqlari Author
  • Saidov Azimjon Husan o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Energetika muammolari institute Author

Keywords:

elektromobil, past kuchlanishli tarmoq, kuchlanish sifati, garmonik buzilish, THD, Shunt APF, MATLAB/Simulink, 6-pulsli to‘g‘rilagich.

Abstract

Ushbu ishda elektromobillarni zaryadlash qurilmalarining 0,4 kV past kuchlanishli elektr tarmoqlariga ta’siri va ular natijasida yuzaga keladigan kuchlanish sifati hamda garmonik buzilishlarni kamaytirish masalasi tadqiq etilgan. Elektromobil zaryadlash qurilmasining nochiziqli yuklama sifatidagi modeli 6-pulsli uch fazali to‘g‘rilagich, doimiy tok zanjiri va DC/DC o‘zgartirgich asosida shakllantirilgan. Garmonik buzilishlarni kamaytirish uchun Shunt Active Power Filter (Shunt APF) qo‘llanilib, uning boshqaruvi oniy aktiv va reaktiv quvvatlarga asoslangan P–Q nazariyasi yordamida tashkil etilgan. Kompensatsiya toklarini aniqlashda Clarke transformatsiyasi, past chastotali filtr, PI-regulyator, teskari Clarke transformatsiyasi va histerezisli tok boshqaruvi qo‘llanilgan. MATLAB/Simulink muhitida 400 V, 50 Hz kuchlanishli va 50 kW quvvatli EV zaryadlash stansiyasi modeli tadqiq qilingan. Keltirilgan natijalarga ko‘ra, Shunt APF qo‘llanganda tokning umumiy garmonik buzilishi 31,8 % dan 3,6 % gacha kamaygan, PCC kuchlanishi esa 371 V dan 395 V gacha yaxshilangan.

References

1. Wang Q., Zhou N., Wang J., Wei N. Harmonic amplification investigation and calculation of electric vehicle charging stations using three-phase uncontrolled rectification chargers // Electric Power Systems Research. – 2015. – Vol. 123. – P. 174–184.

2. Panpean C., Areerak K. Harmonic currents elimination in electric vehicle charging systems with shunt active power filters using PI controller // Journal of Engineering and Innovation. – 2025.

3. Shunt Active Filter for Harmonic Compensation at Electric Vehicle Charging Station based on p-q Theory // 2024 6th International Conference on Energy, Power and Environment (ICEPE). – 2024. – DOI: 10.1109/ICEPE63236.2024.10668953.

4. Harmonic mitigation using optimal active power filter for the improvement of power quality for a electric vehicle charging station // 2024. – DOI: 10.1016/j.prime.2024.100527.

5. MathWorks. MATLAB and Simulink Documentation: Power Electronics, Electrical Systems and Control. – MathWorks.

Downloads

Published

2026-10-26