SHAHARLARDA AVTOTRANSPORT VOSITALARI KO‘PAYISHI SHAROITIDA ASOSIY KO‘CHA-YO‘L TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISHNING SHAHARSOZLIK ASOSLARI (Samarqand shahri misolida)
Keywords:
shaharsozlik, transport infratuzilmasi, ko‘cha-yo‘l tarmog‘i, avtomobillashtirish, transport ierarxiyasi, jamoat transporti, barqaror shahar rivojlanishi, Samarqand.Abstract
Mazkur maqolada avtotransport vositalari sonining jadal o‘sib borishi sharoitida shaharlarning asosiy ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini rivojlantirishning shaharsozlik asoslari Samarqand shahri misolida tadqiq etilgan[1]. Tadqiqot muammosi shundan iboratki, tarixiy-madaniy merosga ega bo‘lgan shaharlarda mavjud radial-halqasimon ko‘cha tarmog‘i avtomobillashtirish sur‘atlariga mos kelmay qolmoqda, faqat yo‘l kengaytirish va yakka muhandislik inshootlari (tunnel, ko‘prik, yo‘l ayirg‘ich) qurish esa tirbandlik muammosini tub asosda hal eta olmayapti. Tadqiqot adabiyotlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili, statistik va qiyosiy tahlil, fazoviy-tarkibiy hamda SWOT tahlil usullaridan foydalangan holda olib borildi. Natijada, Samarqand shahri transport tizimining asosiy muammoli jihatlari — jamoat transportining yetarli emasligi, shaxsiy avtomobillarga yuqori bog‘liqlik, monotsentrik fazoviy tuzilma va tarixiy meros cheklovlari — aniqlandi hamda ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini funksional ierarxiya (magistral, taqsimlovchi, mahalliy ko‘chalar) asosida qayta tashkil etish, jamoat transportini ustuvor rivojlantirish, yer resurslaridan foydalanish bilan transportni integratsiyalashtirish va raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etishga asoslangan kompleks model taklif etildi. Xulosa qilib aytganda, ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish sof muhandislik vazifasi emas, balki energiya samaradorligi, ekologik xavfsizlik va yashil qurilish tamoyillarini o‘zida mujassam etuvchi yaxlit shaharsozlik jarayoni sifatida ko‘rib chiqilishi lozim.
References
. Jacobs J. The Death and Life of Great American Cities. — New York: Random House, 1961.
2. Newman P., Kenworthy J. Sustainability and Cities: Overcoming Automobile Dependence. — Washington, DC: Island Press, 1999.
3. Downs A. Still Stuck in Traffic: Coping with Peak-Hour Traffic Congestion. — Washington, DC: Brookings Institution Press, 2004.
4. Calthorpe P. The Next American Metropolis: Ecology, Community, and the American Dream. — New York: Princeton Architectural Press, 1993.
5. O‘zbekiston Respublikasi shaharsozlik normalari va qoidalari ShNQ 2.07.01-23. Shahar va qishloq aholi punktlarini rejalashtirish va qurish. — Toshkent, 2023.
6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining soni (2025-yil 1-oktabr holatiga). — stat.uz.
7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekistonning qaysi hududlari avtotransportlar soni bo‘yicha yetakchi (2022-yil ma'lumotlari). — stat.uz.
8. Samarqand viloyati statistika boshqarmasi. Samarqand viloyatining demografik holati (2025-yil yanvar-dekabr). — samstat.uz.
9. Kun.uz. Shavkat Mirziyoyev: yo‘lni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal etib bo‘lmaydi. 29.04.2022. — kun.uz.
10. Kun.uz. Bu loyiha — boshga tashlangan sirtmoq: Samarqand ko‘chalaridagi tunnel qurilishi haqida urbanist fikri. 27.10.2023. — kun.uz.