TURAR JOY HUDUDLARINI REJALASHTIRISHDA AERATSIYA MAROMINI OPTIMALLASHTIRISHNING SHAHARSOZLIK USULLARI (SIAN SHAHRI TAJRIBASI ASOSIDA)
Keywords:
Shaharsozlik, aeratsiya maromi, shamol koridorlari, yer yuzasi shahar issiqlik oroli (SUHI), mikroiqlim, shamollatishni baholash (RAV) modeli, turar joy hududlari, shahar iqlim xaritasi (UCMap), mahalliy iqlim zonalari (LCZ).Abstract
Ushbu tezisda turar joy hududlarida aeratsiya maromini shakllantirishning zamonaviy shaharsozlik yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Xitoyning Sian shahri misolida ishlab chiqilgan takomillashtirilgan aeratsiyani baholash (RAV) modeli, shahar iqlim xaritasi (UCMap), mahalliy iqlim zonalari (LCZ) hamda aeratsion koridorlarni aniqlash usullari ko‘rib chiqilgan. Bino balandligi va zichligi, yashil hududlar, suv obyektlari, yo‘l tarmoqlari va relyefning shahar aeratsiyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Sian shahri bo‘yicha aniqlangan miqdoriy ko‘rsatkichlarning Toshkent shahriga bevosita ko‘chirilishi emas, balki ularni mahalliy iqlim va shaharsozlik sharoitlariga moslashtirish zarurligi asoslab beriladi. Natijalar Toshkent shahrining turar joy hududlarida aeratsiya sharoitini baholash, shamol yo‘nalishlarini hisobga olish va aeratsion koridorlarni shakllantirish uchun metodik asos sifatida taklif etiladi.
References
1. Li, Q., Zheng, J., Yuan, S., Zhang, L., Dong, R., Fu, H. (2024). RAV model: Study on urban refined climate environment assessment and ventilation corridors construction. Building and Environment, 248, 111080. https://doi.org/10.1016/j.buildenv.2023.111080.
2. Dang, B., Liu, Y. H., Lyu, H. L., Zhou, X., Du, W. P., Xuan, C., Xing, P., Yang, R., Xiong, F. (2022). Assessment of Urban Climate Environment and Configuration of Ventilation Corridor: A Refined Study in Xi’an. Journal of Meteorological Research, 36(6), 914–930. https://doi.org/10.1007/s13351-022-2035-0.
3. Wang, C. (2024). Urban Morphology Influencing the Urban Heat Island in the High-Density City of Xi'an Based on the Local Climate Zone. Sustainability, 16(10), 3946. https://doi.org/10.3390/su16103946
4. Ren, C. (2016). Creating Breathing Cities by Adopting Urban Ventilation Assessment and Wind Corridor Plan - The Implementation in Chinese Cities. Urban Ventilation Assessment and Air Path Plan, China Architecture and Building Press.
5. Ren, C., Ng, E. Y. Y., & Katzschner, L. (2011). Urban climatic map studies: A review. International Journal of Climatology, 31(15), 2213-2233. https://doi.org/10.1002/joc.2237