Xorazm viloyati misolida turizm bekatlarini restavratsiya qilish jarayonida geodezik asbob-uskunalardan foydalanishning ilmiy-amaliy ahamiyati.
Keywords:
Xorazm viloyati, turizm bekati, tarixiy-me’moriy meros, restavratsiya, geodezik o‘lchov, elektron taxeometr, GNSS, raqamli nivelir, 3D lazer skaner, fotogrammetriya, deformatsiya monitoringi, raqamli model.Abstract
Elektron taxeometr, raqamli nivelir, GNSS qabul qilgich, 3D lazer skaner va fotogrammetrik texnologiyalarning tarixiy obyektlarning mavjud holatini aniqlash, konstruktiv deformatsiyalarini baholash hamda restavratsiya jarayonini monitoring qilishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Xorazm viloyatining tarixiy-turistik hududlari, jumladan, geodezik o‘lchovlarni arxitektura-loyihalash va restavratsiya jarayonlari bilan integratsiyalash masalalari ko‘rib chiqiladi. Geodezik ma’lumotlar asosida obyektlarning raqamli modeli, topografik va grafik materiallari hamda deformatsiya xaritalarini shakllantirish imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari tarixiy-me’moriy muhitni saqlagan holda turizm bekatlarini samarali joylashtirish, restavratsiya ishlarini ilmiy asoslash va obyektlarning keyingi texnik holatini davriy monitoring qilish uchun geodezik texnologiyalardan foydalanishning metodik asoslarini takomillashtirishga xizmat qiladi
References
1. Shaharsozlik kodeksi.
2. ShNK 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish”
3. ShKK 2.01.01-22 loyihalash uchun iqlimiy va fizik-geologik maʼlumotlarga .
4. Stat.uz
5.O’z.Res.01-2025 TurMR – YQ. “Umid Loyiha” Xk. Xorazm 2025 yil
6. O’z.Res.01-2025 TurMR – A. “Umid Loyiha” Xk. Xorazm 2025 yil
7. “Smart buliding injineeris” mchj “Xiva tumani hududidan oqib o’tuvchi Palvon kanali bo’yida mahalliy aholi va turistlarni sayr qilishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida 8.1 ga hududdga ishlanga master reja albomidan. Xorazm 2025 yil.