Uilyam Shekspir (1564-1616)
Abstract
Shekspir 23-aprel Avliyo Jorj tug‘ilgan kunda tug‘ilgan va ayni shu kuni vafot etgan. Shekspirning otasining ismi Jon, onasining ismi Meriligida ham o‘ziga xos hislat bor deb hisoblashadi ba’zilar. Shekspir sakkiz bolaning biri – to‘ng‘ichi bo‘lgan. U tug‘ilgan joy Eyvon daryosi (sohilidagi) Strartfordni – hozirgida Angliyaning yuragi deb aytishadi. Bunda odamlar bo‘lg‘usi aktyor – dramaturg uchun yuksak orzu qilgandek shart-sharoit borligini ko‘rishadi. Strartford yaqinidagi Koverti shahri teatr tomoshalari qo‘yiladigan, an’anaga ega bo‘lgan. Shu bois sayyor kompaniyalar Strartfordga ham kelib turishgan. Shekspir mahalliy grammatika maktabida o‘qigan va u yerda qattiq tartibda o‘qitilgan, lotin tiliga asoslangan ta’lim olganki, bu uning mashhur miflar, tarixiy voqealar, afsonalar olamiga olib kirgan va ularni boshqalarga hikoya qilib berishni o‘rgangan. Ota onalari (o‘sha zamon XVI asrni nazarda tutyapmiz) nisbatan uzoq umr ko‘rishgan (Jn kamida yetmish yosh, Meri esa oltmishning oxirlariga yetay deb qolgan), biroq ularning bolalariga bunday uzoq umr nasib qilmagan. Shekspir 52 yoshida vafot etgan, undan uzoq umr ko‘rish faqat singlisi Joelga – xudo unga 77 yillik hayot ato etgan, ukalarining birortasi ham turmush qurishmagan. Strartfordning muhim idoralarida ishlagan Jon Shekspir shahar kengashi a’zosi bo‘lgan, so‘ng 1578-yilda shaharning oliy idorasi-sudda ishlagan. Jon shu yillarda unga jentelmen degan unvon berilishi mumkin bo‘lgan gerbni olishga harakat qildi, 1576-yildan boshlab oila ahvoli yomonlashdi. 1578-yilda u pul qarz oldi va sudda qarzini vaqtida to‘lay olmagani sababli xotiniga tegishli yerlarning bir qismini yo‘qotdi. 1580-yilda boshqa yerni sotdi. 1587-yilda u shahar yig‘ilishlarida qatnasha olmagani bois Kengashdagi amalidan judo bo‘ldi. Jon Shekspir ichishni yaxshi ko‘rgan deb hisoblashadi. Hozirda ba’zi olimlar Shekspir o‘z diniy e’tiqodining qurboniga aylangan deyishadi. 1591-yilda u cherkovga qatnamaganlar ro‘yxatiga kiritiladi. U qarzdor bo‘lganlari uchun qamalishi mumkin bo‘lishidan qo‘rqib cherkovga qatnamagan bo‘lishi mumkin, chunki u Puritan edi. U yashagan XVI asr oxirlari qattiq iqtisodiy uzilish , biznesda Jon Shekspirga o‘xshab tavvakal qilganlar uchun xavfli bo‘lgan. Aniq sababi noma’lum, biroq Shekspir oilasi uning o‘smirlik yillarida jiddiy moliyaviy muommolar girdobida bo‘lgan. Ehtimol, bunday sharoit uning universitetga kirib o‘qishiga izn bermagandir. Agar u dorilfununga kirib o‘qiy olganida unga jentelmen degan martaba berilgan bo‘lar edi. Uning pul masalasini hatto sonetlarda ham keltirilishi be’jiz emas.
References
1. Uiliam Shekspir. Sonetlar. “Jahon adabiyoti durdonnalari” seriyasi. Toshkent. “Vektor Press” 2004,(108 betli)
2. S. Schoenbaum. Shakespeare: a Compect Documentary life (New York: Oxford University Press and Scholar Press, 1977, (p 151)
3. The Complete Pelican Shakespeare in three volumes. General editor Alfred Hardbage. Books. 1981. The Tragedies (442 pages)
4. An Oxford Guide edited by Stanley Wells and Lena Coven Orlin. Oxford University Press 2003 (713 pages)
5. Вилиам Шекспир. Сайланма. Уч жилдлик. Биринчи жилд. Қирол Лир, Ҳамлет (Дания шаҳзодаси), Макбет, Афиналик Тимон. Инглиз тилидан Ўзбекистон халқ шоири Жамол Камол таржимаси. Тошкент. Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси. “Фан нашриёти”. 2007. (616 бетли)