KO‘NGIL ODAMINING QALB SADOLARI

Authors

  • Oybek Normurodov filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Author

Abstract

Adabiyot ko‘ngil ishi. Bu sohada, ayniqsa, she’riyat o‘zining hislarga boyligi, limmo-limligi, aql va his birlashgan nuqtani o‘zida jamlaganligi bilan alohidalikka ega. O‘zi salohiyatli tilshunos olim bo‘lishiga qaramasdan, adabiyotga oshno, adabiyotning jozibasini yurakdan his qiladigan ijodkorlardan biri Jumanazar Abdullayevdir. Men bu insonni til hodisalarini chuqur anglagan, inson sifatida bilar edim. Keyinchalik olimning vaqtli matbuotdagi ijodiy namunalarini ahyon-ahyonda kuzata boshladim. Shunda angladimki, Jumanazar Abdullayev iste’dodli shoir ham ekan. Ijodkorning she’rlarida Vatan, oriyatli, o‘zini anglagan o‘zbek, go‘zal, latofatli, o‘z himoyachisi va qo‘rg‘oniga ega o‘zbek qizlari, o‘zbekni o‘zbek qilib dunyoga tanitgan tili, tarixiy qahramonlari yoki jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi yetakchi obraz vazifasini bajaradi.

References

Downloads

Published

2026-06-10